Tish olish va jarrohlik
Tishni saqlab bo‘lmasa, uni olib tashlaymiz — murakkab holatlar va aql tishlari ham. Kichik operatsiyalarni ham bajaramiz: yuganchani plastika qilish, abssessni ochish, ildiz uchi rezeksiyasi.
Shifokor:ISIsoqjonov Sherzod
Qachon kerak bo‘ladi
- Tish milk darajasidan pastgacha yemirilgan
- Tish kuchli qimirlaydi
- Aql tishi xalaqit beradi yoki yallig‘lanadi
- Protezlashdan oldin reja bo‘yicha
Davolash qanday o‘tadi
- 1
Surat
Ildizlar va atrofdagi suyakni baholaymiz.
- 2
Og‘riqsizlantirish
Olinadigan joyni og‘riqsizlantiramiz.
- 3
Olib tashlash
Tishni ehtiyotkorlik bilan olamiz. Murakkab holatda kichik kesma qilamiz.
- 4
Gemostaz va choklar
Qon ketishini to‘xtatamiz, kerak bo‘lsa gemostatik gubka va chok qo‘yamiz.
- 5
Tavsiyalar va bitish
Lunka asoratsiz bitishi uchun uyda nimalarga e’tibor berishni tushuntiramiz.
Qancha vaqt oladi
Oddiy olish — 20–40 daqiqa, murakkabi — ko‘proq.
Muolajadan keyin
- 2–3 soat ovqat yemang
- Bir sutka og‘izni chaymang va yuzni isitmang
- Chekmang
- Yumshoq ovqat, boshqa tomon bilan chaynang
- Kuchli qon ketsa, shish kuchaysa yoki harorat ko‘tarilsa — darhol qo‘ng‘iroq qiling
Narxi
Jarrohlik
| Xizmat | Narxi, so‘m |
|---|---|
| Tish olish | 400 000 – 500 000 |
| Murakkab tish olish | 1 000 000 |
| Retensiyalangan tishni olish | 800 000 – 1 000 000 |
| Gemostatik gubka qo‘yish | 200 000 |
| Chok qo‘yish | 200 000 |
| Periostitda kesish, parodontal abssessni ochish | 600 000 |
| Til, yuqori yoki pastki lab yuganchasini uzaytirish operatsiyasi | 500 000 |
| Sistoektomiya (ranula) | 1 000 000 |
| Tish ildizi uchini rezeksiya qilish | 1 500 000 |
| Perikoronarit | 300 000 |
| Fraktura | 250 000 |
Bosqichma-bosqich to‘lov — butun summani birdaniga emas, har bir tashrif uchun to‘laysiz.
Davolash bo‘yicha savolingiz bormi?
Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — administrator javob beradi va vaqt tanlaydi.