Tish implantatsiyasi
Implant yo‘qotilgan tishning ildizi o‘rnini bosadi. Unga koronka o‘rnatiladi va u o‘z tishingiz kabi ko‘rinadi va ishlaydi — qo‘shni tishlarni charxlamasdan.
Qachon kerak bo‘ladi
- Tish olingan yoki uni saqlab bo‘lmaydi
- Ko‘prik uchun qo‘shni tishlarni charxlashni istamaysiz
- Bir nechta tish yo‘q va protez uchun tayanch kerak
Davolash qanday o‘tadi
- 1
Konsultatsiya va surat
Shifokor og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘radi, rentgen yoki KT orqali suyakni baholaydi, implant tizimini taklif qiladi va to‘liq narxni aytadi.
- 2
Implantni o‘rnatish
Mahalliy og‘riqsizlantirish ostida suyakka titan implant o‘rnatiladi. Odatda bitta implant uchun 30–60 daqiqa.
- 3
Bitib ketish
3–6 oy davomida implant suyak bilan birikadi. Tish ko‘rinadigan joyda bo‘lsa, shu vaqtga vaqtinchalik konstruksiya qo‘yish mumkin.
- 4
Milk shakllantirgichi
1–2 haftaga shakllantirgich qo‘yiladi, shunda milk bo‘lajak koronka atrofida to‘g‘ri shaklga keladi.
- 5
Abatment va koronka
Implantga abatment — o‘tkazgich — mahkamlanadi va qo‘shni tishlar rangiga mos koronka o‘rnatiladi.
Suyak yetarli bo‘lmasa
Implantatsiyadan oldin sinus-lifting yoki suyakni o‘stirish kerak bo‘lishi mumkin — shifokor buni konsultatsiyada aytadi.
Qancha vaqt oladi
Implant o‘rnatilgandan koronkagacha odatda 3–7 oy o‘tadi.
Muolajadan keyin
- Dastlabki kunlar — yumshoq va issiq bo‘lmagan ovqat, boshqa tomon bilan chaynash
- Chekish implantning bitishini sekinlashtiradi
- Tishlarni odatdagidek, implant atrofini ehtiyotkorlik bilan tozalash
- Har 6 oyda ko‘rik
Narxi
Implantatsiya
| Xizmat | Narxi, so‘m |
|---|---|
| Implantatsiya, Koreya tizimi | 5 000 000 |
| Osstem implanti | 5 000 000 |
| Nobel implantatsiyasi | 13 000 000 |
| Sinus-lifting | 5 000 000 |
| Burchakli abatment | 500 000 |
| Alveolit3 seans | 200 000 |
| Rentgen | 50 000 |
Implant ustidagi koronka narxini administratordan aniqlang.
Bosqichma-bosqich to‘lov — butun summani birdaniga emas, har bir tashrif uchun to‘laysiz.
Davolash bo‘yicha savolingiz bormi?
Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — administrator javob beradi va vaqt tanlaydi.