Kariesni davolash
Zararlangan to‘qimalarni olib tashlaymiz va tishni yorug‘likda qotuvchi material bilan tiklaymiz — odatda bir tashrifda.
Qachon kerak bo‘ladi
- Tishda qora dog‘ yoki teshikcha
- Tishlar orasiga ovqat tiqiladi
- Sovuq yoki shirindan qisqa og‘riq
Davolash qanday o‘tadi
- 1
Ko‘rik
Shifokor tishni ko‘radi va kerak bo‘lsa surat oladi.
- 2
Og‘riqsizlantirish
Davolash xotirjam o‘tishi uchun og‘riqsizlantiramiz.
- 3
Kariesni olib tashlash
Zararlangan to‘qimani olib, sog‘lomini saqlaymiz.
- 4
Tishni izolyatsiya qilish
Plomba mustahkam turishi uchun tishni so‘lakdan himoya qilamiz.
- 5
Qatlamma-qatlam tiklash
Materialni qatlamlab qo‘yamiz va har bir qatlamni lampa bilan qotiramiz.
- 6
Silliqlash va tishlam
Silliqlaymiz, jilolaymiz va tishlarni yumganda plomba xalaqit bermasligini tekshiramiz.
Qancha vaqt oladi
Taxminan bir soat.
Muolajadan keyin
- Og‘riqsizlantirish ta’siri o‘tgach ovqatlanish mumkin
- Birinchi sutka — qahva, choy va bo‘yovchi mahsulotlarsiz
Narxi
Kariesni davolash
| Xizmat | Narxi, so‘m |
|---|---|
| Yorug‘likda qotuvchi plomba, yuzaki va o‘rta karies | 600 000 – 800 000 |
| Yorug‘likda qotuvchi plomba, chuqur karies | 600 000 |
Bosqichma-bosqich to‘lov — butun summani birdaniga emas, har bir tashrif uchun to‘laysiz.
Davolash bo‘yicha savolingiz bormi?
Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — administrator javob beradi va vaqt tanlaydi.